Qirg‘iziston va O‘zbekiston pasport nazoratini yengillatadi
Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarani kesib o‘tishda pasport nazoratini yengillatadi. Bu haqda qo‘shni mamlakat Jogorku Keneshi yig‘ilishida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oybek Ortiqboyev ma’lum qildi.
Uning aytishicha, har ikki mamlakat fuqarolari ID-kartani ko‘rsatib, chegarani kesib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Faqat 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar chegarani kesib o‘tishda xorijga chiqish pasportini ko‘rsatishadi.
Ortiqboyevga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining 9-dekabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida tegishli bayonnoma imzolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter