Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston hukumati To‘rog‘asi Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Qirg‘iziston hukumati To‘rog‘asi Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

D.Jumabekov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Foto: «Kenesh.kg»

2017-yil 20-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘g‘orku Keneshi To‘rog‘asi D.Jumabekov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik. Kecha Dostonbek Jumabekov boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda ham bo‘ldi.

Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, mehmonlar dastlab Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning ruhi poklariga hurmat bajo keltirildi. Shuningdek, Qirg‘iziston delegatsiyasi vakillari Islom olamining buyuk vakili Imom Buxoriy maqbarasini ham ziyorat qildilar.

Delegatsiyaga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev hamrohlik qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring