Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston sudi sobiq prezident hukmini qayta tikladi

Qirg‘iziston sudi sobiq prezident hukmini qayta tikladi

Foto: «Newsae.ru»

Qirg‘iziston Oliy sudi respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning 2013-yilda jinoiy to‘da boshlig‘i Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qilish haqidagi ishini qayta tikladi. Bu haqda Qirg‘iziston sobiq rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endi Atambayev yana 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan deb hisoblanadi.

Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Oliy sud bunday qarorni Bosh prokuraturaning iltimosiga binoan qabul qilgan, ular hukmni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni yolg‘on va o‘ylab topilgan deya hisoblagan.

«Ya’ni, sud jazoni noqonuniy ravishda bekor qilinganiga rozi bo‘ldi», – dedi Slesarev.

Advokatning qo‘shimcha qilishicha, endi Oliy sud yana o‘sha ishni ko‘rib chiqishi va boshqa qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, u qaror aslida qabul qilinganini va rasmiy kengash bo‘lishi ehtimoli borligini ta’kidlagan.

Atambayev jinoiy to‘da boshlig‘i Aziz Batukayevni ozod qilgani uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yilu ikki oylik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti unga qo‘yilgan barcha ayblovlar siyosiy ekanligini da’vo qilmoqda. 2020-yil noyabr oyida sud siyosatchiga hukm sifatida tayinlangan 11 yil va ikki oylik qamoq jazosini bekor qildi. Keyin ish qayta ko‘rib chiqishga yuborildi.

Shu bilan birga, sud 2019-yil yozida Atambayevni Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida ushlab turish paytida boshlangan tartibsizliklar haqidagi sobiq prezidentga qarshi jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishni boshladi. Sobiq prezidentga korrupsiya, noqonuniy boylik orttirish, hokimiyatni qo‘lga kiritishni uyushtirish, shuningdek qarshilik paytida tarafdorlari tomonidan maxsus kuchlar askarini o‘ldirish ayblovlari qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring