Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi

Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-mayori Ulan Niyazbekov boshchiligidagi delegatsiya 22-23 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Bu xaqda IIV Axborot xizmati xabar qildi.

Huquqni muhofaza qilish organi vazirining mamlakatimizga tashrifi Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning shu yil 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga qilgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

23 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning qirg‘izistonlik hamkasbi bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki tomonlama idoralararo hamkorlik masalalarini muhokama qildilar, jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurash, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topish, chegaraoldi hamkorlik, kasbiy tajriba almashishni faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Qirg‘izistonlik mehmon ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar jarayoni, tizim faoliyatiga axborot texnologiyalarni joriy etilishining ijobiy natijalari, shuningdek, jinoyatchilikni kamaytirish hamda uning oldini olish borasidagi ishlarni mahallabay amalga

oshirishning yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tanishtirildi.

Shu bilan birga, uchrashuvda hamkorlikning amaldagi huquqiy bazasini yangilash masalasi diqqat markazda bo‘ldi.

Konstruktiv muloqot natijalari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajada amalga oshirish uchun bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan, shuningdek tizimli va uzoq muddatli choralarni ko‘rishga kelishib oldilar.

Tashrif davomida qirg‘izistonlik hamkasblar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga jamoat tartibi va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, profilaktika inspektorlarining bu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning mexanizmi hamda yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlashning kompleks tizimi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston IIV delegatsiyasi tomonidan Namangan hamda Farg‘ona viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining faoliyati o‘rganib chiqilishi rejalashtirilganligi ma’lum qilingan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring