Qirg‘iziston qor qoplonini milliy ramz sifatida qabul qildi
2023 yil 30 dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Qor qoplonini Qirg‘iziston Respublikasining milliy ramzi sifatida tan olish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hujjat «qor qoploni va uning ekotizimini saqlash bo‘yicha tashabbuslarni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida» qabul qilingan.
Prezident ma’muriyati qor qoplani «nafaqat tabiiy boylik va madaniy farovonlik ramzi, balki jahon hududining 1/3 qismini egallagan tog‘ ekotizimining barqarorligi va salomatligi ko‘rsatkichi» ekanligini eslatdi.
2019 yilda Qirg‘izistonda 330 ta qor qoploni borligi ma’lum qilingan edi. Hayvon Qizil kitobga kiritilgan, uni otganlik uchun jarima 1,5 million somni (taxminan 17 ming dollar) tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter