Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston prezidenti «Barselona» yulduzlariga qarshi o‘ynaydi

Qirg‘iziston prezidenti «Barselona» yulduzlariga qarshi o‘ynaydi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov.

Ertaga, 30 avgust kuni Bishkekda Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida «Barselona» akademiyasining ochilishiga bag‘ishlangan futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kataloniya jamoasi tarkibida uning sobiq futbolchilari Ronaldino, Rivaldo, Karles Puyol, Xaver Saviola, Ronald de Bur, Juliano Belletti, Franchesko Koko va boshqalar maydonga tushishadi.

«Osiyo afsonalari» deb nomlangan mezbon jamoa tarkibida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Mirjalol Qosimov, Xidetoshi Nakata, Samat Smakov, Andrey Kanchelskis, Muhsin Muhammadiyev, Amandurdi Annadurdiyev va boshqa bir qator mashhur futbol arboblari ishtirok etadi. Uchrashuvni o‘zbekistonlik sobiq FIFA referisi Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidulla Rasulov va Bahodir Qo‘chqorovlar boshqarib boradi.

Ayni vaqtda «Barselona» prezidenti Joan Laporta klubning 29-futbol akademiyasining ochilish marosimida shaxsan ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga uchib kelgan. Bunday akademiyalar butun dunyoda faoliyat yuritadi.

«Barselona» akademiyasi jahon futbolidagi eng mashhurlaridan biridir. Lionel Messi, Andres Iniyesta, Xavi, Karles Puyol, Pedro, Viktor Valdes, Jerar Pike va Serxio Buskets kabi yulduzlar ushbu akademiyadan o‘tib, barcha davrlarning eng buyuk futbol jamoalaridan birini shakllantirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring