Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston nega militsiyani bekor qilmoqchi?

Qirg‘iziston nega militsiyani bekor qilmoqchi?

Foto: «Bagnet»

Qirg‘iziston militsiyani politsiyaga aylantirmoqchi. Juma kuni mamlakat Bosh vaziri Sapar Isoqov matbuot anjumanida buni ma’lum qilgani «Interfaks» xabarida keltirilgan.

Hukumat rahbarining aytishicha, bu haqida topshiriq berib bo‘lingan, muayyan ishlarga kirishilgan. Ancha-muncha moliyaviy xarajatlar talab qilingani bois bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Isoqovning ta’kidlashicha, militsiya sobiq SSSR davridagi qoidalarda ko‘rsatilganidek «militar va avtoritar harbiylashgan tuzilma» sanaladi.

«Militsiya tizimida uning faoliyatiga jamoatchilikning ta’siri minimal darajaga tushirilgan bo‘lsa, politsiya davlat huquqni muhofaza qiluvchi organi sanaladi», — deya qo‘shimcha qilgan Sapar Isoqov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring