Qirg‘iziston: Jogorku Kengeshda o‘zbek-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya qilish masalasi ko‘riladi
Bugun, dushanba soat 11:00da Qirg‘iziston Jogorku Kengeshi qo‘mitasi qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqishni boshlaydi. Bu haqda Jogorku Kengesh deputati Elvira Surabaldiyeva ma’lum qildi.
Mazkur masala Xalqaro munosabatlar, himoya, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi doirasida ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, prezident Sadir Japarov «Kabar» agentligiga bergan intervyusida Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasi bo‘yicha Jogorku Kengeshdagi yig‘ilish avvaldan rejalashtirilganidek, yopiq emas, ochiq bo‘lishini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter