Qirg‘iziston hukumati piyoz eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
Qirg‘iziston Hukumati 3-martdan e’tiboran mamlakatdan piyoz mahsulotini olib chiqishga ruxsat berdi. Mazkur qaror mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat eksport salohiyatini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Mazkur cheklov joriy yil 1-fevraldan mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va piyoz narxini ushlab turish maqsadida joriy etilgan va u aprel oyi oxirigacha amal qilishi kerak edi.
Qayd etilishicha, mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi zaxiralarni o‘rganib, taqiqni muddatidan oldin bekor qilishni taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ham 2023-yilning 1-yanvaridan ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish, aholining iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklovo‘rnatgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter