Qirg‘iziston fuqarolariga Rossiyaga bormay turish tavsiya qilinyapti
Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi joriy yil 22-mart kuni Moskvadagi «Krokus siti hall» konsert zalida sodir bo‘lgan va ko‘p sonli odamlarning o‘limi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan terakt, shuningdek, Rossiya bo‘ylab kuchaytirilgan xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash choralari munosabati bilan fuqarolarga ayrim tavsiyalarini bermoqda.
Jumladan:
- Rossiya Federatsiyasiga borish uchun uzrli sabablari bo‘lmagan fuqarolar qo‘shimcha xavfsizlik choralari va davlat chegarasi orqali kirishda kuchaytirilgan nazorat rejimi bekor qilinmaguncha uning hududiga sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishi;
- sayohatni rejalashtirgan fuqarolar Rossiya Federatsiyasi IIVning veb-saytida (mvd.ru) mamlakatga kirishda cheklovlar mavjudligini oldindan tekshirishi;
- Rossiya hududida ilgari bo‘lgan vaqtida ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga mamlakatga kirishga ruxsat berilmasligi va ushbu tartib bilan bog‘liq oqibatlar kelib chiqmasligi uchun uning hududiga borishdan bosh tortishlari;
- Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan fuqarolar esa gavjum joylarga bormasliklari, shuningdek, har doim o‘zlari bilan Rossiya hududida qonuniy bo‘lishlarini tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurishlari;
- jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z faoliyati doirasida Rossiya huquqni muhofaza qilish organlarining qonuniy talablariga rioya qilish kabilar tavsiya qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter