Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosiga o‘q uzib, yaraladi

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosiga o‘q uzib, yaraladi

Foto: «CA-News»

Qirg‘iziston chegarachilari O‘sh viloyati, Aravan tumanidagi chegara hududida O‘zbekiston fuqarolariga o‘q uzib, ulardan birini yaraladi. Bu haqda 24.kg sayti o‘z manbalariga tayangan holda xabar berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning bir necha fuqarolari avtomobilda Qirg‘iziston hududiga noqonuniy kirib kelgan. Ular to‘xtash haqidagi talabga bo‘ysunmasdan, qirg‘iz chegarachilaridan birini avtomobilda urib ketishgan. Shundan so‘ng harbiylar o‘q uzgan va O‘zbekiston fuqarolaridan biri belidan yaralangan.

Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari matbuot xizmati bu xabarni tasdiqladi. Unga ko‘ra hodisa Aravan tumanidagi To‘qqiz Buloq hududida ro‘y bergan.

«Chegara naryadi chegara yaqinida O‘zbekistonga tegishli ikki avtomobilni ko‘rgan. Haydovchilar to‘xtash haqidagi talabga bo‘ysunmagan. Chegarachilar avvaliga ogohlantirish maqsadida havoga o‘q uzishgan. Ammo mashinalar harakatda davom etgach harbiylar qurol ishlatishgan. Natijada o‘zbekistonliklardan biri yaralangan va kasalxonaga yuborilgan», — deyiladi bayonotda.

Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari raisi va O‘zbekiston chegara qo‘shinlariga qo‘mondonlik qiluvchi DXX raisi o‘rinbosari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra hodisa bo‘lib o‘tgan hududga har ikki davlat chegara qo‘shinlari vakillarini yuborish va birgalikda surishtiruv o‘tkazishga kelishib olingan.

Ayni vaqtda O‘sh viloyatida Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring