Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iz pasporti bilan Suriyaga ketishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Qirg‘iz pasporti bilan Suriyaga ketishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining xalqaro terroristik tashkilotlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazgan tezkor-qidiruv tadbirida O‘zbekiston fuqarosi X.A. qo‘lga olindi. U «Islom davlati» terror tashkiloti emissarlari ko‘magida Qirg‘iziston pasportini sotib olib, keyin Suriyaga ketishni va terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, X.A. hozirda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida. Shuningdek, mazkur fuqaro xalqaro terroristik tashkilotlarga a’zolikda gumonlanib O‘zbekistonda ham qidiruvda bo‘lgan.

Hozirda mazkur faktga aloqador shaxslarni aniqlash yuzasidan tegishli tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi O‘shda O‘zbekiston fuqarolariga xalqaro terrorchilik tashkilotlariga borib qo‘shilishlari uchun soxta pasportlar yasab kelgan ayolni qo‘lga olgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, ayolning uyida yana ikki nafar qirg‘iz fuqarosiga tegishli pasportlar ham topilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring