Qidiruvdagi urganchlik ayol chet elda qo‘lga olindi
![Qidiruvdagi urganchlik ayol chet elda qo‘lga olindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1073100723.jpg)
2020-yil 5-aprel kuni BAAning Ajman shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Z.M. shu davlatning tegishli tashkiloti xodimlari tomonidan ushlanib, 25 sentyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysi orqali mamlakat hududiga olib kelindi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli Z.M. 2017-yili BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun borgan. 2018-yilda Yangiariq tumanida yashovchi 26 yoshli E.G. ismli tanishini BAAga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yollagan. Shu sababli unga nisbatan 2018-yil 23-avgust kunidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan qidiruvga berilgan edi.
Hozirda Z.M.ni Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB TBga topshirish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter