Qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olishda IIBB xodimlari tan jarohati oldi
Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish davomida 26 yashar Vohid Toshmatovning yashash joyi aniqlandi. Bir necha bor sudlangan bu shaxs joriy yilning 14-yanvarida Farg‘ona viloyat IIB tomonidan firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvga berilgandi, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
Toshmatovni qo‘lga olish chog‘ida uning kvartirasida birga bo‘lgan qarindoshlari IIBB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ikki nafar xodimga tan jarohati yetkazishgan.
Yordamga yetib kelgan qo‘shimcha naryad Toshmatov bilan birga jami 10 kishini qo‘lga olgan. Tekshiruv davomida qo‘lga olinganlardan 3 nafari ham qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 46 yashar Odina Sohibova, 22 yoshli Ozodbek Sohibov va 24 yashar Zohid Toshmatov muqaddam JKning «Firibgarlik» va «Bezorilik» moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlari uchun qidiruvga berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter