Qidiruvdagi qizil «Mers» topildi!
AT «Aloqabank»ni kuydirgan mijozlari ko‘pmi, deysan-da. Mazkur bank da’vosi bilan chiqqan sud hujjatlari kam emas-da. Bankning sudga kiritgan da’volari bir xil: berilgan kreditlar vaqtida qoplanmagan, shuni undirib bersangiz...
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan A.Ibragimovdan AT «Aloqabank» Jizzax filiali foydasiga 118.147.623 so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangandi.
Bu yog‘i ko‘plarga tanish manzara: qarzdor zimmasidagi majburiyatni bajarmaydi, berilgan muddat poyoniga yetgach, Majburiy ijro byurosi xodimlari harakatga tushadi...
A. Ibragimov bilan bog‘liq holatda ham shu manzara takrorlandi. Qachonki MIB Jizzax shahar bo‘limi xodimlari titib-titkilab qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan «Mersedes-Benz» rusumli avtotransport vositasi borligi aniqlangandan keyin ishlar biroz siljidi.
Tezkor qidiruv natijasida mashina topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Yaqin kelajakda «Mersedes-Benz» onlayn auksion savdolariga chiqib qolsa, hayron bo‘lmang. Qarzdordan bankning haqqi shu tarzda undiriladi endi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter