Qidiruvda bo‘lgan qiz topildi

Ikki kun avval 2001-yilda tug‘ilgan Aitova Marjon Rustam qizi 2021-yil 16-fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri Navoiy ko‘chasida joylashgan opasining uyidan chiqib, qaytib kelmagani, so‘nggi bor 21-fevral kuni aloqaga chiqqani haqida xabar bergandik.
Toshkent shahar IIBB qidiruvda bo‘lgan Aitova Marjon Rustam qizi topilganini ma’lum qildi. Uning holati yaxshi, xavotirga o‘rin yo‘q, deyiladi xabarda.
O‘smirning qidiruvida qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter