Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvda bo‘lgan bir qancha shaxslar qo‘lga olindi

Qidiruvda bo‘lgan bir qancha shaxslar qo‘lga olindi

Foto: «IIV.UZ»

2020-yil 25-noyabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Qidiruv» tadbiri davomida O‘z.R JKning 25,273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan, 1996-yilda O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan sudlangan fuqaro viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 4-otryad xodimlari tomonidan Namangan shahar Chorsu MFY hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

27-noyabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Qidiruv» tadbiri davomida O‘z.R JKning 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 2008 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan fuqaroni Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakilining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Namangan viloyati IIB JQB tezkor vakili, shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari hamda viloyat IIB TQKB xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahar 5a-kichik tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlanib, shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.

Shu kuni o‘tkazilayotgan «Qidiruv» tadbiri davomida O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB tezkor vakilining bergan ma’lumotiga asosan, viloyat IIB TQXB, JQB tezkor vakili, shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Bunyodkor MFY hududidan ushlanib, shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan, deya xabar berdi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring