Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qichqirayotgan ayol mumiyosi» nimadan o‘lgani aniqlandi

«Qichqirayotgan ayol mumiyosi» nimadan o‘lgani aniqlandi

Foto: «Ahram Online»

Misrlik olimlar Deyr-al-Baxri qirollik maqbarasidagi «qichqirayotgan ayol mumiyosi» o‘limining sirini fosh etishdi, deya xabar berdi «Ahram Online».

Tadqiqot mualliflaridan biri, misrshunos Zaxi Xavassning so‘zlariga ko‘ra, kompyuter tomografiyasi natijalari ayol yurak xurujidan vafot etgani, koronar arteriyalar og‘ir aterosklerozi to‘satdan o‘limga olib kelganini ko‘rsatmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, balzamlash jarayonida ayolning o‘lim paytidagi tana holati saqlanib qolgan.

«Ayolning jasadi bukilgan, oyoqlari chalishtirilgan, boshi o‘ng tomonga burilgan, jag‘i esa osilib qolgan. Ayol vafot etganidan bir necha soat o‘tgach murdani topishganini taxmin qilyapmiz», — deya izohladi Xavass.

«Qichqirayotgan ayol mumiyosi» 1881-yilda Luksor shahri yaqinida qirol sulolasining 40 nafar mumiyolangan a’zolari orasidan topilgan. Ayolning shaxsi hali-hanuz olimlar orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring