Qibrayda uylar yonmoqda: FVV axborot berdi

Qibray tumanidagi mahallalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qibray tumanida sodir bo‘layotgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot berdi.
Bugun, 24-mart kuni soat 18:26 da Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Do‘rmon” MFY, Ma’rifat ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib borib, yong‘i o‘rab olingan va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga Toshkent viloyati va tuman FVB rahbariyati yetib borgan.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter