Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda suvda behush oqib ketayotgan 2 yoshli qizaloqni qutqargan yigit ham taqdirlandi

Qibrayda suvda behush oqib ketayotgan 2 yoshli qizaloqni qutqargan yigit ham taqdirlandi

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumani Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasidan oqib o‘tuvchi «Oqtepa» kanaliga qo‘shiluvchi ariqda noma’lum go‘dakning behush holda oqib kelayotgani va uning shu yerdan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi tomonidan qutqarib qolingani aks etgan lavhalar tarqalgan edi.

Qibray tumani FVB mas’ullari, 2021-yilda tug‘ilgan Abdullayeva Muslimani qutqarib, hayotini asrab qolgan Tojiboyev Yusufbekga minnatdorchilik bildirib, unga bo‘lim tomonidan tashakkurnoma va sovg‘a topshirdi.

Shuningdek, qahramon yigitga kecha, 25-iyun kuni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan noutbuk ham sovg‘a qilingan.

Hozirda, Abdullayeva Muslima tibbiyot xodimlari nazoratiga olingan va sog‘ligi yaxshi holatda ekani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7-iyun kuni ham 4 nafar samarqandlik yigit ko‘p qavatli binoning 4-qavatidan tushib ketgan qizchani tutib olib, hayotini saqlab qolgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring