Qibrayda komissiya a’zolarisiz o‘tgan tanlov bekor qilindi
Qibray tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida 470,6 mln.so‘mlik issiq ovqat bilan ta’minlash yuzasidan autsorsing xizmati uchun o‘tkazilgan tanlov hujjatlari o‘rganib chiqildi.
O‘rganish mobaynida tanlovda xarid komissiyasi tomonidan nizom talablari buzilganligi hamda tanlovning 3 nafar komissiya a’zolari ishtirokisiz ularning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda sun’iy ravishda o‘tkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan xarid komissiyasining qarori (yig‘ilish bayoni) va shu asosida tanlov g‘olibi bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Qibray tumani tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritilgan. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan.
Agentlik taqdimnomasiga ko‘ra shu yilning 3 iyun kuni Qibray tumani tibbiyot birlashmasi xarid komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tanlov bayoni va g‘olib bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter