Qibrayda besh kishini vahshiylarcha o‘ldirgan qotilga hukm o‘qildi
Bundan qariyb olti oy muqaddam aniqrog‘i, shu yilning 29-iyul tunida Toshkent viloyati Qibray tumani, Istiqbol mahallasi, Xumo ko‘chasi, 52-uyda yashovchi fuqaro A.Yernazarov va uning oila a’zolari vahshiylarcha o‘ldirib ketiladi.
Dahshatli qotillik tafsiloti avvalroq ma’lum qilingandi.
Shu yilning 14 dekabr kuni Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining yopiq sud majlisida ayblanuvchi Shavkat Ismonaliyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va sud o‘z hukmini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Shavkat Ismonaliyevga JKning 25,97-moddasi, 119-moddasi 2-qismi «g» bandi, 130-moddasi 2-qismi «a» bandi, 219-moddasi 1-qismi, 140-moddasi 2-qismi, 97-moddasi 2-qismi «a,v,g,j,r» bandlari bilan, Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismi tartibida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter