Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda 13 yoshli qizni zo‘rlagan shaxs 15 yilga qamaldi

Qibrayda 13 yoshli qizni zo‘rlagan shaxs 15 yilga qamaldi

Foto: «Xabar.uz»

2023 yil 18 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudida Sh. Sh. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Qibray tumani Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo‘lgan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudining sudyasi J. Xojayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq Sh. Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring