Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibray hokimligining sobiq mulozimlari jinoyat ustida ushlandi

Qibray hokimligining sobiq mulozimlari jinoyat ustida ushlandi

Foto: IIV

17 avgust kuni fuqaro N. Yakubova IIVga ariza bilan murojaat qilib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi «Abdurashid» va «Orif» ismli shaxslar hokimiyat tomonidan ularga 49 yilga ijaraga berilgan 7 gektar yerni sotib, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali Ya.N.ni nomiga rasmiylashtirib berishga va’da bergan va buning uchun 225 ming AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan.

IIV JQBB KvaIJQKB xabariga ko‘ra, 18 avgust kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtning Yunusobod tumani 19-mavzesidagi «Qariyalar oromgohi» oldida A.O. ariza muallifi N.Yakubovadan talab qilingan pulning $5 mingini olgan vaqtida ushlangan.

Surishtiruvda aniqlanishicha, A.O. bu pullarni yer egasi T.R.ga berishi kerak bo‘lgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, 19 avgust kuni 2011-2018 yillar Qibray tumani hokimiyatida mas’ul lavozimlarda ishlagan T.R. va A.M.lar Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘tkir mahallasida A.O.dan $5 mingni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat bo‘yicha, 19 avgust kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring