Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaytishini istashmayapti: Tramp palm-bichliklarning arpasini xom o‘rganmi?

Qaytishini istashmayapti: Tramp palm-bichliklarning arpasini xom o‘rganmi?

Foto: BBC / Rubic.us

AQShda g‘alati ishlar bo‘lyapti: Palm-Bich (Florida shtati)da joylashgan, AQSh prezidenti Donald Trampga qarashli Mar-a-Lago xususiy klubi atrofidagi qo‘shnilar meriyadan Trampni o‘z xususiy ko‘chmas mulkida yashash huquqidan mahrum qilish talabini ilgari surishmoqda.

Mar-a-Lago — qasrmisan-qasr. Foto: «Rubic.us»

G‘alati talab

1990-yillar boshida Tramp Mar-a-Lago maqomini xususiy qarorgohdan xususiy klubga o‘zgartirgan. O‘sha paytda imzolangan hujjatga muvofiq, klub a’zolari klubda bir yilda 21 kundan ortiq yashashlari mumkin emasligi qayd etib qo‘yilgan. Bu qoida Trampning o‘ziga ham tatbiq etiladiki, ayni shuni bilgan qo‘shnilar AQShning 45-prezidenti bu yerga doimiy yashash uchun qaytib kelmasin deb, shahar hokimligini qistovga olishayotir.

Tramp palm-bichliklarning arpasini xom o‘rganmi?

O‘z vaqtida Tramp mahalliy talablarni pisand qilmay (klub yonida ulkan flagshtok o‘rnattirib, qurilmalar balandligi bo‘yicha qoidani buzgan) yon-atrofidagi qo‘shnilarini ranjitgan, keyinchalik, prezident bo‘lib olgach, har kelib-ketishida yuzaga keladigan «probka»lardan mahalliy aholi to‘yib ketgandi.

Shahar bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, Tramp Mar-a-Lagodan xususiy klubdan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik majburiyatini olgan. Endi sobiq prezident bu yerda doimiy yashash huquqini talab qilgudek bo‘lsa, o‘ziga xos pretsedent kelib chiqadi.

Masala Palm-Bich foydasiga hal bo‘lgan taqdirda, AQSh maxfiy xizmatlari kuzatilayotgan prezidentga zudlik bilan boshqa joydan boshpana topishlariga to‘g‘ri keladi.

Qonun oldida hamma baravar deganlari shu bo‘lsa kerakda. Ko‘ramiz, hokim nima derkin: Tramp yoki qonun!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring