Qaysi davlatning tabiiy boyligi ko‘p?
6-o‘rin: Xitoy
Tabiiy boyliklari asosan ko‘mir va yog‘ochdan iborat bo‘lgan Xitoyning bunday boyliklari taxminan 23 trln. dollarni tashkil qiladi.
5-o‘rin: Eron
Eronning umumiy tabiiy boyliklari 27,3 trillion dollarni tashkil qilishi hisoblab chiqilgan. Shundan 16 trln. dollari neft hissasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan 11 trln. dollari gaz konlariga to‘g‘ri keladi. Eron gaz hajmi bo‘yicha Qatar bilan bellashadi.
4-o‘rin: Kanada
Kanadaning tabiiy boyliklari qiymati 33,2 trillion dollarga teng. Bunga 2009-2010 yillarda ochilgan neftli qumlardan 150 mlrd. barrelga teng konlar topilgani sabab bo‘lgan. Hozirda neft ortidan Kanada 21 trln. dollar ishlab olishi mumkin.
3-o‘rin: Saudiya Arabistoni
Bu davlatning 34,4 trillion dollarlik tabiiy boyliklari bo‘lib, bundan 31,5 trln. dollari neft hissasiga to‘g‘ri keladi. Aynan Saudiya Arabistoni hissasiga dunyodagi neftning taxminan 20 foizi to‘g‘ri keladi.
2-o‘rin: AQSh
AQShning tabiiy boyliklari 45 trillion dollarga teng deya baholangan. Shundan 11 trln. dollari yog‘ochga to‘g‘ri kelsa, ko‘mir 30 trln. dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari AQSh oltin, mis, neft va gaz konlariga ham ega. AQSh o‘z tabiiy boyliklaridan kelgusi avlodga qoldirishni ko‘zlab deyarli foydalanmaydi.
1-o‘rin: Rossiya
Rossiyaning tabiiy boyliklari uning hududi qadar ulkan — 75 trillion dollardan ortiq. Shundan 28,5 trillioni — yog‘och, 19 trln. tabiiy gaz va 7 trln. dollari neft hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari Rossiya ko‘mir bo‘yicha ikkinchi o‘rinda, oltin konlari bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Ammo bu konlarning ko‘pchiligi yetib borish qiyin va muzli hududlarda ekanligi bois hozircha foydalanilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter