Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi davlatda mobil internet qimmat?

Qaysi davlatda mobil internet qimmat?

Amerika Qo‘shma Shtatlar eng qimmat mobil internetga ega bo‘lgan yetakchi davlatlar qatoriga kirdi. Tadqiqotchilar 233 mamlakatdan 5000 ta tariflarni o‘rganishdi. Bu haqda ferra.ru ma’lum qildi

Yillik asosda, AQShda bir gigabayt (Gb) uchun o‘rtacha narx 2021 yildagi 3,33 dollardan 68,7 foizga oshgan. 2022 yilda narxlarning eng katta pasayishi Italiyada bo‘lib, u yerda 1 Gb narxi 54,8 foizga kamaygan.

Shuningdek, mobil ma’lumotlarning eng yuqori narxi Muqaddas Yelena orolida ekan. U yerda bir gigabayt uchun narx 41,06 dollar ekanligi qayd etilgan. Keyingi o‘rinni Folklend orollari egalladi, har bir gigabaytning o‘rtacha narxi 38,45 dollarni tashkil qiladi. Sivilizatsiyadan uzoq mamlakatlar eng yuqori tariflarga ega bo‘lishi ajablanarli emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring