Qatardagi JCh-2022 qurilishlarida nepallik 1 400 nafar ishchi halok bo‘ldi
Nepal hukumati Qatardagi futbol bo‘yicha JCh-2022 qurilishlarida kamida 1 400 nafar nepallik ishchi halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda «Arab News» xabar berdi.
Germaniyaning «WDR» telekanali Qatardagi sport ob’yektlarida o‘ta og‘ir sharoitda yashab, mehnat qilayotgan ishchilar haqida hujjatli film namoyish etgandi.
Nepal mehnat vazirligi vakili Narayan Ragmi mamlakatdan Qatarga borib ishlayotgan juda ko‘plab ishchilar halok bo‘lganini tasdiqladi.
«Hujjatli film haqida hozircha biron ma’lumotga ega emasman. Biroq, ko‘plab nepallik ishchilar Qatarda halok bo‘lgani — haqiqat. Biz ishchilarni Qatarga jo‘natayotganimizdan beri bu davom etyapti», — dedi Ragmi.
Nemis jurnalistlari olgan filmda Qatarda halok bo‘lgan ishchilarning oilalariga hech qanday ko‘mak ko‘rsatilmayotgani, qurilish kompaniyalari xavfsizlik texnikasi talablariga javob bermasligi oqibatida ishchilar nobud bo‘layotganiga urg‘u berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter