Qatarda ishlashga yo‘l ochiladi
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–18-son, 11.01.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar Davlati Hukumatlari o‘rtasida ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter