Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qatar Masters»da sensatsiya ko‘rsatgan shaxmatchilarimiz qancha pul ishlab olishdi?

«Qatar Masters»da sensatsiya ko‘rsatgan shaxmatchilarimiz qancha pul ishlab olishdi?

Kuni kecha Qatar poytaxti Doha shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Qatar Masters turniri o‘z yakuniga yetdi.

Jahon tojdori Magnus Karlsen, reyting yetakchilari Xikaru Nakamura, Anish Giri, Arjun Erigasi singari dunyo shaxmat yulduzlari ishtirok etgan musobaqa bosh sovrini hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyevga nasib etdi.

Nodirbek chempionlik uchun kechgan hal qiluvchi tay-brek uchrashuvida jamoadoshi Nodirbek Abdusattorovni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Abdusattorov turnir vitse-chempioniga aylandi. Uchinchi o‘rindagi hind shaxmatchisi singari 6,5 ochko jamg‘argan Javohir Sindarov qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 4-o‘rinni band etdi.    

Shu tariqa, shov-shuvli tarzda Qatar Masters Chess-2023 turniri g‘olibiga aylangan Nodirbek Yakubboyev bosh sovrin bilan birga 25 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 108 ming 250 dollarni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rin sohibi Nodirbek Abdusattorov 15 000, 4-o‘rinni band etgan Javohir Sindarov esa 7500 AQSh dollariga ega bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring