Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar koronavirus bo‘yicha cheklovlarni kuchaytirdi

Qatar koronavirus bo‘yicha cheklovlarni kuchaytirdi

Foto: «Anadolu Agency»

Qatar hukumati koronavirus pademiyasi bo‘yicha cheklovlarni yana kuchaytirishni boshladi, chunki mamlakat hududida «britan shtammi»ni yuqtirganlar aniqlangan. Bu haqda bugun, 25-mart kuni Qatarning «Gulf Times» nashri xabar berdi.

«Cheklovlar ertaga (juma, 26-mart)dan kuchga kiradi», — deyiladi hukumat xabarida.

Yangi cheklovlarga ko‘ra, sport zallari va to‘garaklari yopiladi, 12 yoshgacha bolalarning do‘konlarga borishi taqiqlanadi, do‘konlarga bir paytning o‘zida ko‘pi bilan xaridorlarning 30 foizigacha kirishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, kinoteatrlar, muzeylar, umumiy ovqatlanish muassasalariga kiruvchilarning soni cheklanmoqda, uyga mehmon chaqirish, ochiq havoda bir joyda besh kishidan ortiq to‘planishi taqiqlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya davrida Qatarda kovidga chalinganlar soni 175 ming nafardan oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring