Qashqadaryoda tarvuz eksporti boshlanyapti
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga rasmiylashtirish, bojxona sohasida yaratilgan qulayliklarni keng jamoatchilikka yetkazish va bu boradagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etish yuzasidan joylarga borilib, tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi uchrashuv vohaning Chiroqchi tumani O‘tamayli hududida o‘tkazilib, unda dehqon va tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Avval ta’kidlanganidek, Chiroqchi tumanida tarvuz yetishtirishning o‘ziga xos maktabi yaratilgan. Tumanning mirishkor dehqonlari mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib tarvuz yetishtiradi. Shu yil ham an’anani saqlab qolgan dehqonlar mamlakatimiz bo‘ylab tarvuz yetkazishni boshlab yuborgan.
Tumandagi «Nurimov Do‘stmurod» fermer xo‘jaligi vakili Aliqul Jumanazarovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili ular yetishtirgan 60 tonna tarvuz Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilingan edi. Bu yil esa bu ko‘rsatkichni 100 tonnaga tekazish rejalashtirilgan.
Hududda tarvuz yetishtirish hajmi va ko‘lami yildan-yilga ko‘paymoqda. Bu yil viloyatda 100 ming tonna tarvuz yetishtirib, xorijga eksport qilish orqali chetdan ko‘p miqdorda valyuta kiritish maqsad qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter