Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qashqadaryoda tabiiy boylik ko‘p, ammo xalqning dasturxoni to‘kin emas» — Shavkat Mirziyoyev

«Qashqadaryoda tabiiy boylik ko‘p, ammo xalqning dasturxoni to‘kin emas» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga qilgan safari davomida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini tanqid qildi.

— Afsuski, viloyatda tabiiy boyliklar, yer resurslari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, bu yetarlicha natija bergani yo‘q. Aholining yashash sharoitlari respublikaning boshqa hududlariga nisbatan pastligicha qolmoqda.

Bu muammolarga yechim topishda davlat idoralari, mutasaddi rahbarlar tomonidan haligacha tizimli ish olib borilayotgani yo‘q.

Viloyatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha muhit to‘liq shakllanmagan.

Shu bois, bugungi kunda viloyatda 150 mingdan ziyod aholi ishsiz. Kelgusi besh yilda 280 mingga yaqin yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishi ham, ish o‘rinlariga ehtiyojni oshiradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentlikka nomzod Mirziyoyev o‘z nutqi davomida Qashqadaryo rivojiga kuchli turtki berish, bu yerda yashayotgan aholiga munosib ish o‘rinlari va turmush sharoitini yaratib berish bo‘yicha eng muhim vazifalar haqida fikrlashib olish uchun viloyatga kelganini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring