Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda qalbaki dorilarning yirik partiyasi aniqlandi

Qashqadaryoda qalbaki dorilarning yirik partiyasi aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan bojxona boshqarmasi hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Qashqadaryo bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda Yakkabog‘ tumani «Janbul» MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro S.B. fuqaro A.A.ga «Banksef», «Zanasef», «Gansef» va «Gandsef» nomli jami 3 767 dona qalbaki dori vositalarini 54 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ushbu dori vositalarini kelib chiqish manbasini aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda, boshqa bir fuqaro L.D. fuqaro S.B.ga ushbu dori vositalarini 26 mln so‘mga sotganligi aniqlanib, uning xonadonidagi yordamchi xo‘jaligidan umumiy bahosi 1,3 mlrd so‘mlik jami 14 909 dona qalbaki dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring