Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda o‘z ukasini qiynab o‘ldirgan aka ushlandi

Qashqadaryoda o‘z ukasini qiynab o‘ldirgan aka ushlandi

Foto: Xabar.uz

2021 yil 1 noyabr kuni soat 19:20 da G‘uzor tuman prokuraturasiga tuman IIB navbatchilik qismidan voqea haqida xabar kelib tushgan. Xabarda tumanning «Pachkamar» MFY, Pachkamar qishlog‘idagi eski gips tosh konidan yoshi 30-35 larda bo‘lgan erkak jasadi topilgani ma’lum qilingan.

Bosh prokuratura axborot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, shaxsi noma’lum murda oyoqlari juft qilingan holda to‘piq sohasi, son sohasi va ko‘krak sohasidan sim bilan ikkala qo‘llari orqaga qayrilib bog‘langan, kuyish jarohatidan vafot etgan holda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni G‘uzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Tezkor-surishtiruv davomida shaxsi noma’lum murda G‘uzor tumani «Sovlig‘or» mahallasida yashovchi 38 yoshli E.A. ekani, ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro esa uning 43 yoshli akasi E.K. ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, marhum E.A. mast holda doimiy ravishda onasi S.D.ni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgan. 31 oktyabr kuni soat 14:00 da mast holda onasi bilan yana janjallashib, uni haqoratlab uydan chiqib ketganini eshitgan akaning jahli chiqqan. U ukasi shu qishloqdagi choyxonada sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik ichib o‘tirganini bilib, choyxonaga borib, ukasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Gentra»da uyiga olib kelgan.

So‘ngra uni urib, qo‘l va oyoqlarini sim bilan bog‘lab, shu kuni soat 22:00 da qasddan o‘ldirish maqsadida, o‘zining avtomashinasi yukxonasiga joylab, G‘uzor tumani Pachkamar qishlog‘idagi adirlikka olib borib, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan va qasddan o‘ldirgan, deyiladi Bosh prokuratura axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring