Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda Nexia yurgan yo‘lida portlab ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi (video)

Qashqadaryoda Nexia yurgan yo‘lida portlab ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi (video)

Bugun, 22 may kuni soat 06:00da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, «Navoiy» MFY hududidan o‘tuvchi 4P-84 «Yakkabog‘ — Chiroqchi» avtomobil yo‘lining 29 km.da harakatlanib ketayotgan Nexia rusumli avtomobilida o‘rnatilgan gaz-balloni portlab ketdi.

Buning oqibatida, avtomobil ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring