Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda koronavirus yuqtirganlarning ikki nafari tuzaldi

Qashqadaryoda koronavirus yuqtirganlarning ikki nafari tuzaldi

Foto: SSV matbuot xizmati

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi, Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari safiga endilikda Qashqadaryo viloyati ham qo‘shildi.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayganlardan biri 8 yoshli, ikkinchisi esa 56 yoshli fuqaro bo‘lib, har ikkisi ham Chiroqchi tumanidan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Bunda, shubhasiz, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining fidoyi tibbiyot xodimlarining alohida hissasi bor. Ularning sa’y-harakatlari, xalqaro standarlar asosida davo choralari ko‘rilgani bemorlarning tuzalishiga zamin yaratdi.

Ayni paytda qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 68 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring