Qashqadaryoda katta suv quvuri teshilib, toza ichimlik suvi baliq ko‘liga oqizib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida aholiga borayotgan toza ichimlik suvi quvuri teshilib, iste’molga yaroqli suv 321 metr uzoqlikdagi baliq ko‘liga oqizib qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda «Qashqadaryo suv ta’minoti» MChJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, «Yakkabog‘-Muborak» bosh suv quvurining «Qahramon» MFY atrofidan o‘tgan qismida baliqchilik fermer xo‘jaligi rahbari A. A. tomonidan diametri 76 mm bo‘lgan quvur bilan noqonuniy ravishda ulanib, toza ichimlik suvi baliq ko‘li havzasiga oqizib qo‘yilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma tuzilib, noqonuniy ulanma bosh suv quvuridan uzildi hamda dalolatnoma qonunbuzarga nisbatan chora ko‘rish uchun Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish viloyat hududiy inspeksiyasiga taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter