Qashqadaryoda hokimlik binosi yonida yosh qiz kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani hokimligi yonida bir qiz kaltaklani haqida videolavha chiqarilgan.
Aniqlanishcha, 24-aprel kuni yil soat 22:00 larda Chiroqchi tumani Mustaqillik ko‘chasidagi avtoshoxbekatda fuqaro T.Nni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs urib tan jarohati yetkazgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan holatlar buyicha 2-may kuni Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter