Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda hayvonlarga shafqatsizlik qilgan shaxs qamaldi

Qashqadaryoda hayvonlarga shafqatsizlik qilgan shaxs qamaldi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki erkak voyaga yetmagan bola ko‘z o‘ngida eshaklarning bo‘yni va boshiga qattiq zarba berib azoblagani videosi tarqalgandi.

«Daryo» xabariga ko‘ra, hayvonlarga ozor bergan ota-o‘g‘il javobgarlikka tortilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2021 yili viloyatning Chiroqchi tumanidagi «Langar» MFY To‘raqul qishlog‘ida sodir bo‘lgan bo‘lib, voqea ishtirokchilari ota-o‘g‘illar bo‘lgan.

«Sudya O‘ktam Rasulov raisligidagi ko‘rib chiqilgan ishda hayvonlarga ozor bergan ota Alisher Ilyosov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (voyaga yetmagan shaxs hozirligida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish yoxud hayvonlarning mayib bo‘lishiga olib kelish) bilan aybdor deb topilib, unga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Voqeaning ikkinchi ishtirokchisi sudlanuvchining o‘g‘li B.S. voyaga yetmagani uchun uning xatti-harakati uchun ham otasi Alisher Ilyosov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan aybli deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (270 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi», — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi axborot xizmati rahbari Farhod Tilovov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring