Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda haydovchilarni «to‘pponcha» bilan qo‘rqitgan shaxs 5 sutka oldi

Qashqadaryoda haydovchilarni «to‘pponcha» bilan qo‘rqitgan shaxs 5 sutka oldi

Qashqadaryoda yo‘l bermagan haydovchilarni qurol bilan qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgan yigit 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 may kuni Shahrisabz tumani «Keldi Hayot» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro kunduzi o‘zining avtomobilida yo‘ning qatnov qismida «ilon izi» bo‘lib harakatlanib, unga yo‘l bermagan haydovchilarni oldidagi o‘yinchoq to‘pponcha bilan qo‘rqitgan.

O‘yinchoq qurol bilan haydovchilarni qo‘rqitgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi 3-qismi, 128-moddasi 3-qismi, 183-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat Shahrisabz sudida ko‘rib chiqilib, ayblanuvchiga nisbatan 5 sutkalik ma’muriy jazo tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring