«Qashqadaryoda eng achinarli holatlardan biri...» — davlat rahbari yana bir muammoni ko‘tardi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga qilgan safari davomida navbatdagi muammoni ko‘tardi. Amaldagi davlat rahbari viloyatda paxta terimi eski uslubda qolib ketayotganini tanqid qildi.
— Qashqadaryoda eng achinarli holatlardan biri, bu – viloyat aholisi haligacha paxtani bukilib, qo‘l mehnati bilan terib kelmoqda.
Shuning uchun, kelgusi besh yilda 40 foiz qishloq xo‘jaligi texnikalari yangilanib, mexanizatsiya darajasi 90 foizga, jumladan mashinada paxta terimi 15 foizdan 60 foizga yetkaziladi.
Bunda, paxtani mashinada terish xarajatining 30 foizini budjetdan qoplab berish yana uch yilga uzaytiriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, amaldagi davlat rahbari import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to‘lovlaridan ikki yil muddatga ozod qilinishini aytib o‘tdi. Qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun subsidiyalar ko‘lami ham ko‘paytiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter