Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «Xalq so‘zi»

Qashqadaryolik tadbirkor Muzaffar Hamzayev viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri yozmoqda.

Loyiha qiymati 4,1 mlrd. so‘m bo‘lib, yillik quvvati 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va har kilosi 3,7 AQSh dollardan sotiladi.

Shuningdek, 10 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ayni paytda chigirtka unini eksportga chiqarish uchun tadbirkor M. Hamzayevning «Merry-Cricket» mas’uliyati cheklangan jamiyati va Saudiya Arabistonidagi hamkorlar o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 1,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring