Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroga chigirtkalar galasi yopirilgan. Holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Buxoroga chigirtkalar galasi yopirilgan. Holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining ayrim hududlarini zararli chigirtka bosgani haqidagi videoroliklar tarqaldi. Ularning birida, jumladan, «Buxoro-Xorazm» avtomobil yo‘lining Gazli shaharchasiga yaqin qismida chigirtkalar galasiga duch kelgan avtomobil yo‘lovchilari aks etgan.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, holatdan agentlik xabardor va kechaning o‘zida chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassislari Buxoro viloyati Romitan tumanining Gazli massivida kimyoviy kurash tadbirlarini olib borgan. Hozirda zararli hasharot tarqalishi xavfi bartaraf etilgan.

Agentlik mutaxassisining ishonch.uz’ga ma’lum qilishicha, Buxoro cho‘llarida 500 metr radiusda to‘da hosil qiluvchi «Saksovul bukri» chigirtkalarining yopirilganligi kuzatilgan.

«Bu turdagi chigirtkalar saksovul bilan oziqlanadi va juzg‘un o‘sadigan qumlarda ko‘proq uchraydi. Ayni paytda bu hududdagi 12 ming 324 gektar maydonda chigirtka tarqalganligi aniqlanib, qo‘shimcha yerlar bilan jami 13 ming 321 gektar yerda kimyoviy tadbirlar o‘tkazib bo‘lindi», – deydi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring