Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda ayol kundoshini «samosud» qildi

Qashqadaryoda ayol kundoshini «samosud» qildi

Qashqadaryoda ayol samosud qilinganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qashqadaryo viloyoti IIBning aniqlik kiritishicha, 1990-yilda tug‘ilgan O.Sh turmush o‘rtog‘i 1986-yilda tug‘ilgan O.A.ni Qarshi shahrida ijara uyda, 1993-yilda tug‘ilgan N.D. bilan qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelayotganligidan xabar topib, 2023-yil 16-aprel kuni taxminan soat 21-00 larda O.Sh. va boshqalar, N.D.ni urib, sog‘ligini qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelmagan yengil tan jarohati yetkazib, uni erkin harakat qilishiga to‘sqinlik qilib, unga ruhiy tazyiq o‘tkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring