Qashqadaryoda 5,5 ming ishsiz yoshlar bor – Prezident

Hozirda Qashqadaryoda 5,5 ming ishsiz yoshlar bor. Yana 36,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelayapti.
Bu haqda bugun Ko‘kdala tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, yoshlarni «Yoshlar biznesi» dasturi, 13 ming nafar oliygoh bitiruvchisini «Kelajakka qadam» dasturiga qamrab olib, ularning tadbirkorligi va bandligiga ko‘maklashiladi. Yana 5 ming yoshlar qishloq xo‘jaligida daromadli bo‘ladi.
Shuningdek, yig‘ilishda o‘tgan besh oyda Qashqadaryodagi 551 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmagani, shu bilan birga, sodir etilayotgan har uchta jinoyatdan bittasi viloyat markazidan uzoqda joylashgan, turistlar ko‘p tashrif buyuradigan Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz shahriga to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi.
Mas’ullarga mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan «ichki ishlar organlari mintaqaviy boshqaruv tizimini» joriy etish topshirildi.
Bunda viloyat ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizm bo‘yicha tizimi Shahrisabz shahrida joylashadi va ushbu 5 ta tumanda jinoyatchilikni jilovlashga mas’ul bo‘ladi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter