Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo viloyatidagi qishloqlarda kuchli sel kelishi kuzatildi (foto+video)

Qashqadaryo viloyatidagi qishloqlarda kuchli sel kelishi kuzatildi (foto+video)

Foto:«Xabar.uz»

Kecha, 28 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining toqqa yaqin hududlardagi qishloqlariga kuchli sel kelishi kuzatilgan. 

«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, tumandagi Jayraxona qishlog‘ida bir fuqaro mahalliy aholining sa’yi-harakatlari natijasida baxtsiz hodisadan qutqarib qolingan. Kuchli jala va sel kelishi natijasida ekin va bog‘larga zarar yetgani ham aytilmoqda. 

Foto:«Xabar.uz»

Bugun shuningdek, Samarqand shahrida ham suv toshqini kuzatilgan, FVV bu yuzasidan bayonot bergandi. 

Sel kelganda qanday harakat qilish qoidalari haqida ham ma’lumot berib o‘tgandik. 


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring