Qashqadaryo viloyatida koronavirus yuqtirish keskin ko‘paydi
2020-yil 24-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 360 (+181) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Qashqadaryo viloyatida, 80 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun Qashqadaryo viloyatida keskin o‘sish kuzatildi. Hozirda hududa jami 637 bemor aniqlangan. Ulardan 371tasi tuzalgan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Andijon viloyatida 95 nafar, Sirdaryo viloyatida 63 nafar, Navoiy viloyatida 18 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 10 nafar, jami 323 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 10 472 (+323) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 8 782 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter