Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo va Samarqandda arxeologik yodgorliklar o‘rniga uy-joy qurib yuborilgan

Qashqadaryo va Samarqandda arxeologik yodgorliklar o‘rniga uy-joy qurib yuborilgan

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida joylashgan X-XII asrlarga oid «Chordangitepa» arxeologiya yodgorligining bir qismi buzib tashlanib, o‘rnida uy-joy qurib yuborilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tekshiruvlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida joylashgan X-XII asrlarga oid «Chordangitepa» arxeologiya yodgorligining bir qismi fuqaro M.F. tomonidan buzib tashlanib, o‘rnida uy-joy qurib yuborilgani va davlat manfaatlariga 315 mln. so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi VI-VII asrlarga oid «Nomsiztepa» arxeologiya yodgorligi bir qismi noma’lum shaxslar tomonidan buzilishi oqibatida, davlat manfaatlariga 1,5 mlrd. so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijalariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring