Qashqadaryoda «Motamsaro ona» haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
7-may kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yangi barpo etilgan «Motamsaro ona» haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi vakillari ishtirok etdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, urush faxriylariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
So‘zga chiqqanlar butun dunyoda millionlab insonlar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan, mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lganini, mash’um urushda yarim milliondan ziyod o‘zbekistonlik halok bo‘lganini xalqimiz hech qachon yodidan chiqarmasligini ta’kidladilar.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zbekiston Prezidenti nomidan sovg‘alar topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter